So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga tashish va saqlash sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 25 479 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami bino va inshootlarni qurish boʻyicha qurilish ishlari 68,4 % ulushni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 95 tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yil 9–10- oktabr kunlari Polshaning Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari uchun tajriba almashish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 94 mln AQSH dollariga 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan elektr changyutgichlar soni o‘rtacha 75 tani tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 421,7 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 260,2 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 34,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 9 391,7 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami 95,7 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 33,2 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida ijara xizmatlari 5 811 mlrd soʻmni tashkil etgan.

O’zbekistonda 2024- yil 1- oktabr holatiga 402 802 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 25,9 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 35 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 10 525,1 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar o‘rtacha soni 177 tani tashkil etdi.