Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda 7 trillion 919,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,7 foizga ko‘payib, o‘sish sur’ati 119,7 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari quyidagi hududlarda bajarildi:
Termiz shahri – 1 trillion 649,4 milliard so‘m
Sariosiyo tumani – 600,4 milliard so‘m
Denov tumani – 571,6 milliard so‘m
Shuningdek:
Jarqo‘rg‘on tumani – 396,9 milliard so‘m
Angor tumani – 350,7 milliard so‘m
Termiz tumani – 345,7 milliard so‘m
Qiziriq tumani – 310,7 milliard so‘m
Boysun tumani – 293,9 milliard so‘m
Sherobod tumani – 293,3 milliard so‘m
Muzrabot tumani – 274,1 milliard so‘m
Qumqo‘rg‘on tumani – 250,0 milliard so‘m
Oltinsoy tumani – 248,8 milliard so‘m
Sho‘rchi tumani – 206,1 milliard so‘m
Bandixon tumani – 184,5 milliard so‘m
Uzun tumani – 152,1 milliard so‘m
O‘sish sur’ati bo‘yicha eng yuqori natijalar Qiziriq (159,6 %), Muzrabot (154,4 %), Bandixon (140,7 %), Uzun (139,1 %) va Oltinsoy (135,8 %) tumanlarida qayd etildi.




