Rasmiy nomi
Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi, qisqartirilgan nomi – statistika boshqarmasi;
Ingliz tilida:
Surkhandarya region department of statistics;
Rus tilida:
Управление статистики Сурхандарьинской области.
Huquqiy asos |
---|
Asosiy majburiyatlari |
---|
Ustivor yo‘nalishlar |
---|
- makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
- integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
- mahalladan — respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;
- xorijiy statistika organlari hamda sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular yordamida kadrlar salohiyatini oshirish;
- aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish.
Vakolatlari |
---|
- rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
- statistika dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi;
- rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda amalga oshiradi;
- rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtiradi;
- rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyatlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazadi;
- statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi;
- rasmiy statistikani tayyorlovchilar bilan statistika ma’lumotlari va metama’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi;
- statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan uyg‘unlashuvni amalga oshiradi;
- rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyatga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida maslahatlashuv va ishchi guruhlar tuzadi;
- milliy statistika tizimi doirasida rasmiy statistika ma’lumotlarini muvofiqlashtirilgan holda tarqatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
- rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan kelishilgan holda rasmiy statistika sohasidagi yagona atamalarni ishlab chiqadi;
- rasmiy statistika sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- rasmiy statistika sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
- qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.