Fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlari doimiy e’tiborda
2026-yil avgust oyida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 59 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan 45 tasi yuridik shaxslar, 14 tasi jismoniy shaxslar murojaatlaridir. Murojaatlarning 36 tasi sayyor qabul, 8 tasi elektron shaklda, 1 tasi vertual tizimi hamda 4 tasi ishonch kanallari orqali kelib tushgan.
Ko‘rib chiqish natijasida 50 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 9 ta murojaat bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan.
Murojaatlarning asosiy qismi tadbirkorlik sub’yektlari kuzatuvlari, raqamlashtirish va reyestrlarni yuritish, demografiya, mehnat va gender statistikasi hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalariga oid bo‘lgan.
Har bir murojaat e’tiborda. Murojaatlaringiz biz uchun muhim!




