25/08/2026

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik chellenji davom etmoqda.

Mazkur chellenj doirasida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan tizimda uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan xodimlarning holidan xabar olindi.

Uchrashuv davomida faxriy xodimlarga ko‘p yillik samarali mehnati, tizim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirilib, tashakkurnomalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Bunday ezgu tashabbuslar yillar davomida sohada xizmat qilgan faxriylarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborning yorqin ifodasidir.

Ezgulik ulashgan sari ko‘payadi! Mehr-oqibat esa insonlarni birlashtiradi!