10/08/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni barqaror o‘sishda davom etdi.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, viloyatda 594 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Shundan 67 tasi qo‘shma korxona, 527 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.

Hisobot davrida 2024-yilning mos davriga nisbatan korxonalar soni 275 taga ko‘paydi. O‘sish asosan savdo sohasida 327 ta, sanoatda 80 ta, axborot va aloqa sohasida 56 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 42 ta korxona faoliyat yuritayotgani hisobiga ta’minlandi.

Sohalar kesimida chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar:

Savdo – 327 ta

Sanoat – 80 ta

Axborot va aloqa – 56 ta

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 42 ta

Qurilish – 40 ta

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 15 ta

Tashish va saqlash – 14 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 5 ta

Boshqa turlar – 15 ta