06/08/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda xizmatlar eksporti hajmi 8 million 158,3 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 51,6 foizga oshib, jami eksport hajmining 2,8 foizini tashkil etdi.

Hisobot davrida xizmatlar eksporti tarkibida telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari yetakchi yo‘nalish bo‘lib, ularning ulushi 30,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, transport xizmatlari eksporti 27,0 foiz, sayohatlar (turizm) 25,8 foiz, moliyaviy xizmatlar 11,8 foiz, boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar 4,5 foiz hamda qurilish xizmatlari 0,5 foiz ulushni egalladi.