Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi 15 trillion 931,0 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga o‘sdi.
Hisobot davrida yirik korxonalar tomonidan 830,2 milliard so‘mlik chakana savdo amalga oshirilib, o‘sish sur’ati 141,0 foizni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan 15 trillion 100,8 milliard so‘mlik chakana savdo aylanmasi qayd etildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga oshdi.
Shuningdek, uyushmagan savdo hajmi 3 trillion 335,1 milliard so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 123,8 foiz bo‘ldi.
Hududlar kesimida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchilar:
Denov tumani — 133,0 %
Boysun tumani — 119,0 %
Uzun tumani — 118,6 %
Termiz shahri — 118,2 %
Oltinsoy tumani — 116,6 %
Muzrabot tumani — 116,4 %
Qiziriq tumani — 116,2 %
Termiz tumani — 115,8 %
Angor tumani — 115,4 %
Sherobod tumani — 114,9 %
Sariosiyo tumani — 113,7 %
Qumqo‘rg‘on tumani — 113,6 %
Bandixon tumani — 112,7 %
Jarqo‘rg‘on tumani — 112,2 %
Sho‘rchi tumani — 112,2 %




