09/08/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida umumiy ovqatlanish sohasi viloyat iqtisodiyotining xizmatlar yo‘nalishida muhim o‘rin egallashda davom etdi.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, viloyatda umumiy ovqatlanish sohasida 1 473 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Shundan 1 tasi yirik korxona, 1 472 tasi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 5 trillion 393,5 milliard so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 9,3 foizga oshdi.

Mazkur savdo aylanmasining 82,4 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgani ushbu tarmoqda tadbirkorlikning yetakchi o‘rin tutayotganini ko‘rsatmoqda.