04/08/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 490 million 768,8 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91 million 31,8 ming AQSH dollariga yoki 22,8 foizga oshdi.

Hisobot davrida viloyatdan 294 million 14,8 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi. Eksport hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 42,6 foizga ortib, viloyat eksport salohiyatining izchil rivojlanayotganini namoyon etdi.

Shu bilan birga, 196 million 754 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulotlar import qilindi. Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 foizga ko‘paydi.