Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda 44 ming 763,8 tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 135,9 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p poliz mahsulotlari quyidagi tumanlarda yetishtirildi:
Sherobod tumani — 13 602,7 tonna
Termiz tumani — 7 723,3 tonna
Muzrabot tumani — 4 381,9 tonna
Shuningdek:
Qumqo‘rg‘on tumani — 4 221,7 tonna
Angor tumani — 3 583,0 tonna
Bandixon tumani — 3 013,4 tonna
Qiziriq tumani — 2 590,8 tonna
Jarqo‘rg‘on tumani — 1 972,1 tonna
Denov tumani — 1 560,1 tonna
Oltinsoy tumani — 825,6 tonna
Uzun tumani — 541,0 tonna
Sariosiyo tumani — 442,5 tonna
Sho‘rchi tumani — 254,3 tonna
Boysun tumani — 28,7 tonna
Termiz shahri — 22,9 tonna
Yetishtirilgan poliz mahsulotlari umumiy hajmining eng katta ulushi Sherobod tumani hissasiga (30,4 foiz) to‘g‘ri keldi. Shuningdek, Termiz tumani (17,3 foiz), Muzrabot (9,8 foiz), Qumqo‘rg‘on (9,4 foiz) va Angor (8,0 foiz) tumanlari ham yuqori ulushga ega bo‘ldi.
O‘sish sur’ati bo‘yicha esa Muzrabot (2,8 baravar), Termiz tumani (196,6 foiz), Sariosiyo (192,1 foiz), Sherobod (181,6 foiz) hamda Qumqo‘rg‘on (175,2 foiz) tumanlari yetakchilik qildi.




