Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda 7 trillion 919,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 119,7 foizni tashkil etib, qurilish sohasida barqaror o‘sish kuzatilganini ko‘rsatmoqda.




