29/10/2025

Joriy yilning 27-oktabridan boshlab Surxondaryo viloyati bo'ylab olis va tog'li hududlar toifasiga kiruvchi 54 ta mahalla fuqarolar yig'inida aholini ro'yxatga olish jarayonlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Xususan, Sherobod tumanining "Zarabog'", "Chorbog'", "Qizil olma", "Vandob" hamda boshqa tumanlarning ham olis hudud mahallalarida ro'yxatga olish jarayonlari hamjihatlik va faollik bilan amalga oshirilayotgani alohida e'tiborga loyiq.

Aholi ro'yxatga olish jarayonlarining samarali o'tkazish maqsadida, O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasi mas'ul xodimi K. Gulboyev, O'zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i S. Abduraimov hamda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i B. Choriyevlar joylarga chiqib bevosita ishtirok etishdi. Ularning tajribasi va ko'magi jarayonning sifatli o'tishiga katta hissa qo'shmoqda.