O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun — 21-oktabr, ya’ni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi. Davlat tilining jamiyat hayotida tutgan o‘rni, uning ahamiyati, til madaniyatini oshirish va uni asrab-avaylash borasidagi vazifalar xususida fikrlar bildirildi.