O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida o‘quv seminari tashkil etildi.
Ushbu seminar aholini ro‘yxatga olish jarayonida ayrim toifadagi shaxslarga, xususan, ularning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish va ularga nisbatan so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblariga alohida ta'kidlandi.
Seminarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, axborot tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.




