O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi PF-173-sonli Farmoni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi BM-629-sonli va viloyat hokimining 547-8-0-Q/25-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar Termiz tumani statistika bo‘limi hamkorligida o‘tkazilib, unda tuman mahalla fuqarolar yig‘inlarining "yettiligi" a’zolari hamda ta’lim markazi ma’muriyati xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini to‘g‘ri va tizimli tashkil etish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash hamda tahlil etishning zamonaviy usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham taqdim etildi.




