24/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga ko‘ra 2026-yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha Boysun tumanidagi mahalla yettiligi xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Mazkur seminar aholi va qishloq xo‘jaligi ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda ro‘yxatga olish tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishga qaratilgan.

Shuningdek, ishchi guruhlari tomonidan amaliyot sinov tariqasida mahallalarda xatlov ishlari olib borilmoqda.