20/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 Joriy yilning 16- oktabr sanasida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 

 

 Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi Tadbirkorlik subyektlarini kuzatuv boshqarmasi boshlig‘i M. Satimov hamda Tadbirkorlik statistikasi bo'yicha yig'ma tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish bo'lim boshlig'i olib bordilar.

 Tadbirda Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, viloyat mahalla uyushmasi mas’ul xodimlari, shuningdek boshqarma hamda tuman va shahar statistika bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi.