So'nggi yangiliklar

2024- yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol o‘rta tibbiyot xodimlari soni 353 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 526,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy iqtisodiyotida 323 290,9 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Respublikada 2024- yilning 1- avgust holatiga 43 293 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 240,4 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 32,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46,9 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 126,8  trln soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning 1- yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 205 308,1 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 198 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 7,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 23,6 ming tonna olma eksport qilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 851,7 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida yirik qurilish tashkilotlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 21,1 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 30,4 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 57 674,9 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda fermer xo‘jaliklari tomonidan 336 945 tonna sut sogʻib olingan.