- 2025-yil yanvar-may oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 12 584,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,9 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 2 284,2 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
- 2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 225,3 mlrd so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 73,3 % ini, jumladan, 38,6 % ini kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etdi.