04/07/2025

2025 yilning yanvar-mart oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 061,0 mlrd so‘mni yoki 2024- yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 616,6 mlrd so‘mni (104,6 %), chorvachilik mahsulotlari 3 444,4 mlrd so‘mni (103,3 %) tashkil qildi.

Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Denov (606,5 mlrd so‘m), Jarqo‘rg‘on (371,7 mlrd so‘m), Qumqo‘rg‘on (368,8 mlrd so‘m) va Sherobod (366,7 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Aksincha kam hajmga ega hududlarga Qiziriq (98,7 mlrd so‘m) Bandixon tumanlarini (83,4 mlrd so‘m) va Termiz shahrini (12,9 mlrd so‘m) keltirib o‘tish mumkin.