24/08/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasi 5 trillion 485,9 milliard so‘mni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga o‘sdi.

2026-yil 1-iyul holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 928 tani tashkil etdi. Shundan 16 tasi yirik korxonalar, 2 912 tasi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi hajmi 4 trillion 865,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga oshdi.

Natijada kichik biznes subyektlarining viloyatdagi jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 88,7 foizni tashkil etdi.

Hududlar kesimida ulgurji savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari:

Sariosiyo tumani — 130,1 %
Uzun tumani — 125,4 %
Denov tumani — 108,3 %