Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatda demografik o‘sish sur'atlari barqaror davom etdi. 2026-yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 3 million 37,0 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,6 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paydi.




