21/08/2026

Joriy yilning 21-avgust kuni Sho‘rchi tumani hokimligida statistik hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘RQ-1155-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida qonunda belgilangan yangi norma va o‘zgartirishlar, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bunday holatlar uchun belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan ishtirokchilarga zarur ma’lumotlar yetkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va huquqiy madaniyatni oshirishning muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.