Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada boshqarma xodimlari faol qatnashib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi hamda yuksak mahoratini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.




