19/06/2026

2026-yilning yanvar–mart oylarida Surxondaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4 445,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 3 825,5 ming so‘m bo‘lgan.

Natijada aholi jon boshiga hisoblangan YAHMning o‘sish sur’ati 106,8 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi 102,6 % ko‘rsatkichidan yuqori qayd etildi.