19/06/2026

2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 22 215 ta tijorat korxonasining 14 973 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar jami tadbirkorlik subyektlarining 67,4 foizini tashkil etib, viloyatda biznes yuritishning eng ommalashgan tashkiliy-huquqiy shakli sifatida yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, faoliyat yuritayotgan korxonalar tarkibida:
xususiy korxonalar – 4 013 ta (18,1 %),
oilaviy korxonalar – 2 960 ta (13,3 %),
aksiyadorlik jamiyatlari – 16 ta (0,1 %),
boshqa shakldagi korxonalar – 253 tani (1,1 %) tashkil etgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlar tomonidan MChJ shaklining tanlanishi ushbu tizimning qulay boshqaruv mexanizmlari, mas’uliyatning cheklanganligi hamda biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi bilan izohlanadi.