2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida jami 3 139 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Sanoat korxonalari asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
793 ta (25,3 %) — boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish;
690 ta (22,0 %) — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
277 ta (8,8 %) — mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish;
247 ta (7,9 %) — kiyim ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
Hududda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishi iqtisodiy o‘sish hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




