02/06/2026

2026-yilning yanvar-mart oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 5 000,1 mlrd so‘mni yoki 2025-yilning mos davriga nisbatan 109,7 % ni, shu jumladan, chorvachilik mahsulotlari 4 134,8 mlrd so‘mni (103,4 %), dehqonchilik mahsulotlari 865,3 mlrd so‘mni (144,7 %) tashkil qildi. Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Denov (733,3 mlrd so‘m), Sherobod (497,0 mlrd so‘m), Qumqo‘rg‘on (451,3 mlrd so‘m) va Jarqo‘rg‘on (440,3 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi.