2026‑yil 1‑aprel holatiga Surxondaryo viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni jami 2 549 tani tashkil etdi. Shundan yirik korxonalar soni 16 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 533 tani tashkil etadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar hududda ulgurji savdoning asosan kichik va mikrobizneslar hisobiga shakllanganini ko‘rsatadi.




