Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Rajabovning 2026-yil 18-maydagi reja-grafigiga asosan tumanlarda mahalla yettiligi a’zolari, tadbirkorlar hamda hisobot topshiruvchi tashkilotlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot va o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Seminarlar davomida statistik va soliqqa oid hisobotlarni shakllantirish tartib-tamoyillari, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmatlar sohasini kengaytirish, statistika va soliq qonunchiligining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.




