Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish hamda ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-288-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda sohaga oid ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, boshqarma xodimlariga davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.




