Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning huquqiy ongi hamda mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari, xizmat faoliyatida odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tizimda halollik va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.




