Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi 27-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ishlarni tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda boshqarma bo’lim boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etib, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlash va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga joriy etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ish yuritish tizimini takomillashtirish hamda hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.




