2026-yil yanvar-mart oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan hajm 7 667,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 120,6 % ni tashkil etdi.
Ma'lumot uchun: So‘nggi besh yildagi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi dinamikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, u deyarli 3,3 barobarga ko‘paydi, shuningdek 2026-yil yanvar-mart oylarida 2025-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 1 505,6 mlrd so‘mga ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirildi.




