29/04/2026

2026-yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 8 118,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 123,1 foizga yetib, sohada barqaror o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi.

Tarkibiy tahlilga ko‘ra:

Yirik korxonalar hissasi — 274,3 mlrd so‘m
(o‘sish sur’ati: 116,9 %)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari — 5 968,1 mlrd so‘m
(o‘sish sur’ati: 123,0 %)

Uyushmagan savdo — 1 876,1 mlrd so‘m
(o‘sish sur’ati: 124,3 %)