2024/2025-o‘quv yili boshiga Surxondaryo viloyatida jami 995 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Bu 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan 61 taga ko‘p bo‘lib, 6,5 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Viloyatdagi maktablarda jami 50,3 ming nafar o‘qituvchi (o‘rindoshlarsiz) faoliyat olib bormoqda. Mazkur ko‘rsatkich so‘nggi yillarda 6,6 ming nafarga oshib, 5,2 foiz o‘sish qayd etildi.
O‘qituvchilarning malakaviy tarkibi quyidagicha:
Oliy ma’lumotli — 42,1 ming nafar (83,7 %)
O‘rta-maxsus ma’lumotli — 8,2 ming nafar (16,3 %)




