Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda jami 8 ta muzey faoliyat yuritib, ularning 6 ta filiali mavjud.
Muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni 37,5 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning 25,5 foizi o‘quvchi va talabalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Muzeylar viloyatning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va keng jamoatchilikka yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.




