Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti va Boysun tumanidagi xisobot topshirishga mas’ullar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda korrupsion holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, xizmat faoliyatida halollik, shaffoflik, mas’uliyat va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Halollik — ishonch asosi, korrupsiyasiz jamiyat esa barqaror taraqqiyot garovidir.




