Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko'ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga Boysun tumani doimiy aholisi 129 445 kishini tashkil etmoqda.
Shahar joylarda – 54 416 kishi
Qishloq joylarda – 75 029 kishi
Erkaklar soni – 66 367 kishi
Ayollar soni – 63 078 kishi
Eslatib o'tamiz: Boysun bahori xalqaro folklor festivali joriy yil 1–10-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida 1–7-may kunlari:
ilmiy konferensiyalar,
konsert dasturlari,
xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan hamda yurtimiz folklor jamoalari o‘rtasida bellashuvlar,
milliy sport musobaqalari va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 8–10-may kunlari davomida Boysun tumanining diqqatga sazovor maskanlari va qadamjolariga maxsus turizm marshrutlari tashkil etiladi.




