31/03/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-dekabr holatiga Surxondaryoda 311,3 mlrd so‘mlik metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga oshgan.

Yillar kesimida metallurgiya sanoati hajmi quyidagicha (yillik):

2020-yil – 120,0 mlrd so‘m

2021-yil – 130,3 mlrd so‘m

2022-yil – 37,9 mlrd so‘m

2023-yil – 72,3 mlrd so‘m

2024-yil – 111,7 mlrd so‘m

2025-yil – 311,3 mlrd so‘m