Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yurtimizga qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelgan, yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr-oqibat timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom — Navro‘zi olam bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
Ushbu qutlug‘ bahoriy bayram barchamizga tinchlik-osoyishtalik, mustahkam sog‘liq, xonadonlarimizga farovonlik va baraka, qalblarimizga esa cheksiz quvonch va baxt-saodat olib kelsin.
Navro‘zning fayzu barakasi yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimizga yanada ilhom va bardavomlik baxsh etsin.




