2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 566 tani tashkil etdi. Shundan 1 tasi yirik korxona, 1 565 tasi kichik korxona va mikrofirmalardir.
2026-yil yanvar oyida ushbu korxonalarning savdo aylanmasi 658,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi. Savdo aylanmasining 99,9 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.




