Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi” umumxalq xayriya hashari doirasida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari obodonlashtirish ishlarida munosib ishtirok etmoqdalar.
Tadbir davomida jamoa tomonidan bino atrofidagi ariq va yo‘laklar tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida yangi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ushbu xayrli tashabbus nafaqat hudud orastaligini ta’minlashga, balki jamoada hamjihatlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.




