2026-yil 1-fevral holatiga, Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni (dehqon va fermer xo‘jaliklari hisobga olinmagan holda) 25 551 tani tashkil etmoqda.
Mazkur ko‘rsatkichning asosiy qismi, ya’ni 21 227 tasi (83,1 foizi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yillik taqqoslash:
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, umumiy korxonalar soni 9,1 foizga ko‘paygan. Bu ko‘rsatkich kichik biznes subyektlari orasida yanada yuqori bo‘lib, 9,3 foizni tashkil etdi.
Ushbu o‘sish ko‘rsatkichlari viloyatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning amaliy natijasidir.




