06/03/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i B.Choriyev so‘zga chiqib, statistika tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, sohada samarali va fidokorona mehnat qilayotgan barcha ayollarni bayram bilan samimiy qutladi.  Tizimda faoliyat yuritayotgan ayol xodimalarga boshqarma rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqarma jamoasi barcha opa-singillarimizni ushbu bahoriy ayyom bilan yana bir bor muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaydi.