25/02/2026

Qumqo‘rg‘on tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichiga start berildi. Mazkur muhim jarayonda tumandagi barcha “mahalla yettiligi” a’zolari faol va tashabbuskorlik bilan ishtirok etmoqda.

 

Xususan, tuman hududidagi mahallalarda “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan ishlar uyushqoqlik bilan yo‘lga qo‘yilib, xonadonma-xonadon yurish orqali turli sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘ta olmagan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda hamda belgilangan savolnomalar to‘ldirilmoqda.

 

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida aholining faolligi ham alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, fuqarolar ro‘yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashib, tadbirning samarali va sifatli o‘tkazilishiga munosib hissa qo‘shmoqda.