Oltinsoy tumanining barcha mahallalarida mazkur jarayon aholi uchun qulay va keng ko‘lamli kampaniya tarzida tizimli ravishda tashkil etilgan. Ro‘yxatga olish tadbirlari belgilangan tartib va talablar asosida, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Jarayon davomida fuqarolarga zarur tushuntirish ishlari olib borilib, ishtirok etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Aholini ro‘yxatga olish ishlari hududlar kesimida aniq reja asosida olib borilib, jarayonning shaffofligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur bosqich aholining to‘liq va ishonchli ma’lumotlar bilan qamrab olinishini ta’minlashga, kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini samarali rejalashtirishga xizmat qiladi.




