10/02/2026

Qumqo‘rg‘on tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur jarayonda alohida tashabbus va tezkorlik ko‘rsatgan mas’ullar tuman hokimligi tomonidan munosib e’tirof etilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida tuman hokimi F.Xoliqov hamda tuman prokurori Sh.Akramov ishtirokida yigʻilish o‘tkazildi. O‘z mahallasida ro‘yxatga olish ishlarini birinchilardan bo‘lib, sifatli yakunlagan ikki nafar mahalla raisiga minnatdorchilik bildirdi. Ushbu fidoyi raislarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Ta’kidlanganidek, bunday rag‘bat boshqa mahalla mas’ullari uchun ham o‘rnak bo‘lib, jarayonning tizimli va muddatidan oldin yakunlanishiga xizmat qiladi.