Xabaringiz bor, Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, joriy yilning 15-yanvardan 28-fevral sanasiga qadar mamlakatimiz bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur keng ko‘lamli va mas’uliyatli tadbirga 150 nafar universitet yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti koordinator va yetakchilari jalb etildi.
Bundan tashqari, ro‘yxatga olish jarayonini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida universitetining barcha fakultetlarida maxsus shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
TerDU — mamlakat taraqqiyoti yo‘lida faol va mas’uliyatli ishtirokchi!




